Kitob haqida
1991-yil 1-sentiyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burulish sodir bo’lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma’rifatdan ayro saqlanip kelindi .Ko'plab ma’rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun’iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalmizga zo'rlab singdirildi. Biroq istiqlol sharofati ila tarixiy xaqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unittirilgan ma’rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olip tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Biroq qirq-ellik yil muqadam jadidlar nomi ko'chilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma’rifiy xarakatlar haqida tobora ko'proq ma’lumotlarga ega bo'lishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamyat tanazullining asosiy sababi – aholing ilm –ma’rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni , ulardan qolgan har bir ma’naviy qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamda Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" hamda "Eski maktab" qissalari o'rin olgan bo'lib, ularni mutoala etish jarayonida siz xam jadidlarning o'sha vaxtlardagi maqsadlari, orzu umidlari, dard istiroblari yaqindan his etasiz, degan umiddamiz.
•Kitobni Ellikqal'a tumani Axborot-kutubxona markazi fondidan an'anaviy tarzda olib mutolla qilish imkoniyati yaratilgan

Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company