"Mevalar", "Kitob – oftob"

Mevalar
Bahor  kelib mevalar,
Qiyg'os bo'lib gulladi.
Hushbo'y  hidlar taratib,
Bog’imizni bezadi.
Bahor kelsa o'lkamga,
Uyg'onadi tabiat.
Tog'dan  tushar sharshara,
Tanaga  berar rohat.
Dalalarga yoyibdi,
Lolagul  qizil gilam.
Shunday  yurtda o'syapti,
 Mening  gul yuzli bolam.

Kitob – oftob
Kitob  misli  nur , yo'llarni yoritguvchi,
To'g'ri yo'ldan yuradi, kitobsevar o'quvchi.
 Yaxshi  asar o'lmaydi, qo'lma-qo'l bo'lar  har kun,
O'qib  ko'zing  tolmaydi, Navoiyni o'qigan tun. 
                                
                                     Muallif:    I .Yusupova