“Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Ellikqal’a tumani Axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida markaz direktori M. Djumaniyazova yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kutubxona faoliyatiga keng joriy etish, dasturiy ta’minotlardan samarali foydalanish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari haqida fikr almashdi. Shuningdek, kutubxona yo‘nalishida AKT, zamonaviy dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha davra suhbati hamda startap loyihalar tayyorlash yuzasidan amaliy trening tashkil etildi. Yoshlar innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuvdan so‘ng Axborot bo‘limi rahbari Sh. Kenjayeva boshchiligida yoshlar uchun Ellikqal’a tumani IT markaziga sayohat uyushtirildi. Unda ishtirokchilar o‘quv kurslari, IT yo‘nalishlari va startap loyihalar faoliyati bilan tanishdilar.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company