"Shum bola" filmi tahlili

Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Shum bola" asari va filmi tahlil qilindi

Ellikqal'a tumani "Gulshan" bolalar oromgohida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida oʻzbek bolalar adabiyotining durdonasi — Shum bola asari hamda uning asosida suratga olingan Shum bola filmi bolajonlar bilan birgalikda tomosha qilinib, atroflicha tahlil qilindi. Muhokama jarayonida asardagi Qoravoy obrazining topqirligi, halollik, mehr-oqibat, sabr-toqat va hayotiy saboqlar haqida fikr almashildi. Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyot va kino san'atiga qiziqishini oshirish hamda mazmunli hordiq chiqarishiga xizmat qildi.