Kitob ma'naviyat va taraqqiyot manbai!

Kitob – ma’naviyat va taraqqiyot manbai!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Respublika Mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi 122-son bayonining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Ellikqal'a tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan Navoiy OFYda kitob taqdimoti tashkil etildi.

Tadbir mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.

Taqdimot davomida markaz fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar tanishtirilib, ularning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni xususida samimiy fikr almashdilar.