Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi Laziz Rahmatovning "Dunyo mamlakatlari" kitobi asosida oʻtkazilgan respublika miqyosidagi targʻibot tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-maydagi Farmoyishi bilan boshlangan Milliy kitobxonlik harakati doirasida "Qanot" va "Dastxat" loyihalari tomonidan tashkil etildi. Ikki oy davom etgan tanlovda respublikaning barcha hududlaridan 1 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Maqsuda Djumaniyazova kitob targʻiboti yoʻnalishidagi faol ishtiroki va samarali ishlari uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Marosim davomida kitob muallifi Laziz Rahmatov oʻzining "Dunyo mamlakatlari" kitobini Respublika axborot-kutubxona markazlari direktorlariga shaxsan topshirdi. Shuningdek, tanlovning asosiy gʻoliblari Turkiya, Misr va Vetnam davlatlariga sayohat vaucherlari bilan taqdirlandi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company