Ellikqal’a tumani Axborot-kutubxona markazi direktori M. Djumaniyazova hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’uli E. Ochilov Gulshan bolalar oromgohi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida oromgohda yaratilgan sharoitlar, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlari hamda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Mehmonlar bolalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning qiziqishlari, orzu-intilishlari va mutolaa jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, bolalarga kitob mutolaasining ahamiyati haqida tavsiyalar berilib, yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, bilim va dunyoqarashni boyitishda kitobning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company