"Mutolaa" loyihasi

Ellikqal‘a tumani Axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi hamda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Mutolaa" loyihasining navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida kutubxonaga yangi kelib tushgan "Binafsha shulasi" kitobi keng kitobxonlar ommasiga tanishtirildi. Asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgulik, insonparvarlik, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir ishtirokchilari kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitish, maʼnaviy dunyoqarashni yuksaltirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi oʻrni haqida fikr almashdilar.